Kun.uz ixtiyoriga Mirzo Uluğbek tuman sudining öğrilik jinoyatida gumon qilinayotgan fuqaroga qamoq ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi ajrimi nusxasi kelib tuşdi.

Undan körinişiça, 2022 yil 2 dekabr kuni soat 23:45da Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida sudya M.Kukiyev, Mirzo Uluğbek tumani prokurori yordamçisi F.Yunusov va gumonlanuvçi D.T. hamda uning advokati iştirokida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3 qismi “v” bandi (köp miqdordagi öğrilik) bilan jinoyat işi körib çiqilgan.

Ajrimda yozilişiça, gumonlanuvçi D.T. M.U. bilan birgalikda Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan, maxsus qöriqlovga olingan Dörmon kompleksi 22-uyda maxsus enagalik vazifasini bajarib kelib, 2 noyabrdan 6 noyabrgaça navbatçilik vaqtlarida uyning mehmonxonasida joylaşgan javonning pastki qismida bölgan çinni idiş içida uy bekasi K.N. tomonidan solib qöyilgan 12 ming 500 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini yaşirin ravişda talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

D.T. bu jinoyat işiga gumonlanuvçi sifatida 26 noyabr kuni jalb etilgan. Prokuror öz iltimosnomasida unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzida ehtiyot çorasini söragan, sud iltimosni qanoatlantirgan.

Bu jinoyat işi haqida bugun, 14 dekabrda inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov ham öz Facebook sahifasida post qoldirdi. Uning yozişiça, bu işdagi jabrlanuvçi – Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizi. Kun.uz'ning voqeadan xabardor manbasi ham buni tasdiqladi.

Biz bu ma’lumotga rasmiy munosabat sörab, Senat matbuot xizmati rahbari Hojiakbar Tölaganovga boğlandik. U voqea şaxsiy ma’lumotlar bilan boğliqligini inobatga olib, izoh bera olmasligini bildirdi.