Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, Abdug‘ofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, u boshqa ishga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdug‘ofur Ahmedov 2019 yilning sentyabr oyi boshlarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga rahbar bo‘lgandi.

Abdug‘ofur Ahmedov muqaddam Davlat xavfsizlik xizmati tizimida ishlagan.