15 aprel kuni Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Turkiy davlatlar diniy idoralari rahbarlari ishtirokida «Ayo-Sofiya Fotih» madrasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Turkiy davlatlar diniy idoralari rahbarlarining  yig‘ilishida qatnashgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun Turkiy davlatlar diniy idoralari aro Fatvo hay’atini tashkil etishni taklif qildi.

Foto: Turkiya diyonat ishlari vazirligi

Kecha, 15 aprel kuni Istanbul shahrida «Umumjahon pandemiyasi, iqtisodiy inqiroz va raqamli dunyoda Turkiy-Islom olamining ertasi va buguni» mavzusidagi Turkiy davlatlar diniy idoralari rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining xabar berishicha, tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Turkiy davlatlar tashkiloti direktori Bag‘dod Amreyev va Turkiy davlatlar muftiylari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan.

Foto: Turkiya diyonat ishlari vazirligi

Turkiya safari davomida muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Turkiy davlatlarning din peshvolari hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan birgalikda «Ayo Sofiya» masjidida juma namozini ado etgan.

Foto: Turkiya diyonat ishlari vazirligi

Shuningdek, 15 aprel kuni Istanbul shahridagi «Ayo Sofiya» qadimiy yodgorligi majmuasida joylashgan «Ayo-Sofiya Fotih» madrasasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Foto: Turkiya diyonat ishlari vazirligi
Foto: Turkiya diyonat ishlari vazirligi