Yaqinda atmosfera havosining ifloslangani böyiça dunyoning yirik şaharlarini ortda qoldirib, reytingni «zabt etgan» Toşkent havosi qisqa bölsa-da yomğirdan söng yaxşilandi. Buni meteorologik qurilmalarsiz, tabiiy ravişda ham seziş mumkin.


Afsuski, havo ifloslanişiga sabab bölayotgan hodisalarni bartaraf qilmas ekanmiz, yomğir va qorlar ham bizga yordam berolmasligi mumkin.
IQAir portalidagi onlayn indeksga köra, yomğir yoğganidan söng normallaşgan Toşkent havosi bugungi kelib, yana «zaif guruhlar uçun nosoğlom» bölib qolgan.

Çunki, yomğir töxtagaç yana avtomobillardan çiqayotgan turli gazlar, quriliş va sanoatdan çiqayotgan çang va zararli moddalar osmonga kötarilişni boşladi.
Köplab daraxtlari ayovsiz kesib taşlangan poytaxt yaşil dunyosi çanglarni yutib ulgurmayapti.


Boz ustiga kuz fasli boşlangani sababli asosiy «kislorod işlab çiqaruvçilar» allaqaçon barglarini tökişni boşlagan.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov ham bu çanglar boşqa joydan uçib kelgan emas, özimizda bir neça haftadan buyon töplanib qolayotgan mahalliy çang ekanligini aytgan edi.















