To 2017 yilgaça amalda bölgan valuta konvertatsiyasi bilan boğliq çeklovlar tufayli Özbekiston uzoq yillar xalqaro savdo uçun yopiq mamlakatga aylangandi. 90-yillarda Markaziy bankda işlagan iqtisodçi Komiljon Akramovning aytişiça, konvertatsiyaning yopilişi – davlat öşa vaqtdagi iqtisodiy muammolar yeçimi sifatida XVJning qarşiligiga qaramay pul çop qilişga qaror qilişi ortidan röy bergan.

Iqtisodçi olim, Xalqaro oziq-ovqat muammolarini örganiş instituti (IFPRI) katta ilmiy xodimi Komiljon Akramov iqtisodçi Behzod Hoşimov bilan suhbatda Özbekistondagi oziq-ovqat işlab çiqariş va iste’mol muammolari, zarur ma’lumotlarni topişning qiyinligi, ötgan asrning 90-yillarida Özbekiston iqtisodiyotidagi jiddiy xatolar haqida töxtalib ötdi.

Oçarçilik muammosi: tarix va bugun

Ötgan asrning 70-yillarida oçarçilik katta muammo bölgan. Ayniqsa, kollanial tuzum tugaganidan keyin, Janubiy Osiyoda ya’ni Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Nepal va Şri-Lanka kabi davlatlarda bu jihat juda dolzarb hisoblangan. Keyinçalik “Yaşil inqilob” sodir bölib, buğdoy, makkajöxori kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining yangi navlarini ekiş va yetiştiriş boşlanadi. Buning natijasida unumdorlik oşadi. Şu jihatdan, oçarçilik muammosi köp mamlakatlarda öz yeçimini topdi.

Hozirda iqlim özgarişi va uruşlar tufayli Somali, Efiopiya yoki Sudan kabi davlatlarda oçarçilik lokal muammo sifatida bor, lekin global miqyosida katta muammo sifatida körilmaydi.

Bitta inson kuniga 2200-2250 kkal iste’mol qilişi kerak, lekin bu kaloriyani faqat non yoki şakar iste’mol qilib ham oliş mumkin. Ammo inson yaşaşi uçun faqat kaloriyaning özi yetarli emas, bir qança turdagi vitaminlar ham kerak böladi. Bugungi kunda sifatli ovqatlaniş sohadagi asosiy muammo hisoblanadi. Ilmiy tilda bu yaşirin oçlik (hidden hunger) deyiladi.

Komiljon Akramov
Foto: YouTube

Notöğri ovqatlaniş sabablari

Notöğri ovqatlanişga bir tomondan iqtisodiy jihatdan imkoniyatning yetişmasligi, ikkinçi tomondan yetarli darajada ma’lumotga ega emaslik sabab bölişi mumkin. Masalan, Özbekistonga öxşagan kambağal mamlakatlarda pul yetişmasligi axborot yetişmasligiga qaraganda kattaroq masala. AQŞga öxşagan rivojlangan Ğarb mamlakatlarida esa, bu boradagi asosiy muammo odamlarda töğri ovqatlaniş böyiça bilim va könikmaning kamligidir.