Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda er xotinini o‘ldirib qo‘ydi. Kelishmovchilik ayolning Turkiyaga ketmoqchiligi bilan bog‘liqligi aytilmoqda
17 mart kuni tushdan so‘ng Qo‘qon shahrining «Aziztepa» MFYda yashovchi er D. rafiqasi Z.ni mix sug‘uradigan asbob bilan boshiga urib o‘ldirib qo‘ygan. Kelishmovchilik ayolning Turkiyaga ketish istagi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Qotillik faktini shahar IIO FMB HPB boshlig‘i Iqboljon Tojiboyev Kun.uz'ga tasdiqladi. Uning aytishicha, Aziztepa mahallasida bo‘lgan voqeada er o‘z ayolini «oilaviy kelishmovchilik sabab» urib o‘ldirib qo‘ygan.
«Erkak hozir ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», – dedi Iqboljon Tojiboyev.
- Xabarning dastlabki tahririda Qo‘qonda kollej o‘quvchisi do‘stini pichoqlab, o‘zini poyezd tagiga tashlagani, rasmiylar bu ma'lumotga izoh bermagani aytilgandi. Kun.uz keyinchalik Qo‘qon shahar IIBdan olgan ma'lumotga ko‘ra, haqiqatan ham kollej o‘quvchisi tanishini pichoqlab qo‘ygan (jabrlanuvchi hayot), ammo shundan keyin o‘zini poyezd tagiga tashlagani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mavzuga oid
18:10 / 19.04.2026
Qotil oshpaz, pichoqlangan 5 aka-uka va umrbod qamoq – Kosondagi mudhish qotillik
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
15:27 / 10.03.2026