Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Foto: Depositphotos
O‘zbekistonliklarni may oyida qancha dam olish kunlari bo‘lishi qiziqtirmoqda.
Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan dam olish kunlari ko‘chirilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishga harakat qilgan.
May oyida dam olish kunlari bo‘yicha hech qanday o‘ziga xoslik yo‘q.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar odatdagidek shanba-yakshanba kunlari, 6 kun ishlaydiganlar yakshanba kuni dam olishadi.
Faqat 9 may (payshanba) kuni butun O‘zbekiston uchun ishlanmaydigan bayram kuni bo‘ladi.
Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida 8 yoki 10 may boshqa kunga ko‘chirilmaydi. Odatdagidek, ish kuni bo‘ladi.
Demak, may oyida:
5 kunlik ish haftasidagi xodimlar jami 9 kun (4-5, 9, 11-12, 18-19, 25-26 may);
6 kunlik ish haftasidagi xodimlar jami 5 kun (5, 9, 12, 19, 26 may) dam olishadi.
Mavzuga oid
20:43 / 24.12.2025
31 dekabrdan 4 yanvargacha dam olish kunlari bo‘ladi – yangi farmon
11:43 / 08.10.2025
Fuqarolarning normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilyapti
12:19 / 31.07.2025
Pedagoglar va o‘quvchilarga dam olish maskanlariga bepul yo‘llanma beriladi
15:39 / 08.07.2023