
Kun.uz oçiq manbalar asosida Vazirlar Mahkamasi a'zolari hamda ijro hokimiyatining mahalliy böğini rahbarlari hisoblangan viloyat hokimlarining yoşlarini tahlil qildi.
Bugungi kunga kelib, Vazirlar Mahkamasi tarkibi juda katta bölib ketgani tufayli biz faqat hukumatning eng yuqori böğini rahbarlari yoşiga oid ma'lumotlarni töpladik. Quyidagi jadvalda boş vazir va uning örinbosarlari, barça 24 nafar vazir hamda 10ta qömita rahbarlarining yoş tahlili berilgan.

Tahlillarga köra, hukumat a'zolari orasida örta yoşli kadrlar soni ança köpaygani sezilib turibdi. Lekin şu bilan birga ança yoşi katta – 60-70 yoş va undan yuqori yoşdagi rahbarlar hali ham lavozim kursisida qolayotganini köriş mumkin.
Xususan, Özbekiston taşqi siyosatida eng közga köringan diplomat, taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 74 yoşga tölgan. Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvçisi (bir vaqtning özida prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi) Tursunxon Xudoybergenov esa 70 yoşga tölgan.

Bundan taşqari, Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin (63 yoş), Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev (65 yoş), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar qömitasi raisi Rustam Qurbonov (67 yoş) ham allaqaçon 60 yoşdan oşgan. Boş vazir Abdulla Aripov va içki işlar vaziri




















