Islom Karimovning onasi Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, öz hayotini ularning tarbiyasiga bağişlagan, deyiladi Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida.

Islom Karimovning volidalari Sanobar-aya nevaralari bilan
Foto: Facebook/Karimov Fondi

«Yurtimizning birinçi Prezidenti hamişa onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. 
Ayniqsa, oyilarining ovqat pişirişlari, xamir qorib, yoyişlari közlari oldidan tez-tez ötişini köp takrorlar edilar.

Islom Abduğaniyeviç bolalik çoğlari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoşlari holidan xabar olganlarida hamişa ularga hamrohlik qilişlarini aytib ötganlar. 

U kişi öz onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bölganlarini sözlab berardilar. 
Öğillari Toşkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bölayotgan hodisalardan hamişa qiziqib sörar ekanlar», - deyiladi Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Islom Karimov qayerda dam olişni xuş körgani aytilgandi.