O‘zbekistonda qancha fuqaro un va non uchun kompensatsiya puli olishi ochiqlandi
O‘zbekistonda 1,3 mln nafardan ortiq fuqaro un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha har oylik pul kompensatsiyasi oladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 866-son qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi 22 300 so‘mdan 50 000 so‘mga oshirildi.
Mamlakatdagi 1,3 mln nafardan ortiq fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida yetkazilishini ta'minlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan talab qilingan mablag‘lar 2019 yil 18 oktabr sanasida to‘liq moliyalashtirilib berilgan hamda Pensiya jamg‘armasi tomonidan kompensatsiyalarning oshgan miqdorlarini fuqarolarga joriy oyda yetkazilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan.
Pensiya jamg‘armasi tomonidan kompensatsiyalarning oshgan miqdorlari farqi bo‘yicha qo‘shimcha vedomostlar tuzilib, 2019 yilning 16-17 oktabr sanasida tijorat banklari hamda Xalq banki filiallariga yetkazildi. Shuningdek, mazkur to‘lovlar uchun mablag‘lar 16 oktyabrdan 19 oktyabrgacha to‘liq moliyalashtirilgan.
Xususan, to‘lovlarni bank plastik kartalari orqali oluvchilarning hisob raqamlariga kompensatsiya mablag‘lari (oshgan miqdor farqi) joriy yilning 17 oktabr sanasida to‘liq yuklangan.
Bundan oldin, aholining o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
16:47 / 12.12.2024
Tadbirkor foydasiga hokimlikdan 1,5 milliard so‘m kompensatsiya undirildi
17:32 / 30.11.2024
AQShda erkak uni noto‘g‘ri davolagan klinikadan 412 mln dollar tovon undiradigan bo‘ldi
19:18 / 19.10.2024
Tamaki ishlab chiqaruvchilar Kanada aholisiga 23,6 mlrd dollar kompensatsiya to‘laydi
18:21 / 14.09.2024