Özbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti Abdusalom Azizov uşbu lavozimga saylangani munosabati bilan ÖFA konferensiyasida sözga çiqdi. Uning sözlarini Tribuna.uz muxbiri keltirib ötadi.

«Assalomu alaykum, hurmatli konferensiya iştirokçilari, aziz mehmonlar.

Avvalo, katta işonç bildirib, ÖFA prezidenti lavozimiga saylaganingiz uçun barçangizga minnatdorçilik bildiraman.

Özbekistonda futbol – birinçi raqamli sport turi. Butun özbek xalqi bu sport turiga işqibozlik qiladi, desam adaşmagan bölaman. Şu sababdan ham muhtaram prezidentimiz juda katta vazifalarni qöyganlarki, futbol xalqimizning, yoşlarimizning kayfiyatiga ta'sir qildi. Futbolda rivojlaniş bölişi kerak. Bu – odamlar yoqtirgan öyin, bu öyinda halollik va adolat bölişi kerak, deb juda katta topşiriq qöyganlar. Umid qilamanki, birgalikda bu topşiriqni bajaramiz.

Albatta, bu nafaqat prezidentimizning topşiriği, balki köp millionlik futbol işqibozlarining ham talabidir. Adolat, halollik bölmagan joyda rivojlaniş bölmaydi.

Keyingi yillarda Özbekistonda futbol böyiça juda köp işlar qilindi. Bir qator muhtaşam sport inşootlari, stadionlar barpo etildi, jamoalarga şaroitlar yaratildi. Lekin bularning barçasidan bugun ayrim xatolar tufayli unumli foydalanilmagani körinib turibdi.

Ana şu xatolarni bartaraf etiş, öyinga halollikni olib kiriş, totalizator, kelişilgan öyinlar kabi tuşunçalarni yöqotiş – bizning birinçi darajali vazifamiz bölişi kerak, men prezident sifatida şunday deb hisoblayman.

Eng muhimi, bundan buyoğiga Ijroqöm faqat sport prinsiplariga asosan iş olib borişi kerak. Har doim sport prinsiplari böyiça iş olib borilsa, rivojlaniş va albatta, uning ketidan ğalabalar ham keladi.

Hududiy futbol, bolalar va ayollar futbolini rivojlantiriş assotsiatsiyaning birinçi darajali vazifalaridan bölişi kerak. Yoş iste'dodlarga şaroit yaratiş, ularning yöqolib ketmasligi uçun kuraşişimiz, ularni kelgusida milliy terma jamoamizdan joy oladigan darajada tarbiyalaş uçun şaroitlar yaratiş assotsiatsiyaning birinçi darajali vazifasi deb bilaman.

Şuningdek, hududlarda sarflanayotgan mablağlardan maqsadli foydalanilişini ta'minlaş, birinçi navbatda yoş iqtidorli futbolçilarga şaroit yaratiş, uning negizida olimpiya va yoşlar jamoalarini rivojlantiriş orqali milliy jamoani kuçaytirişga, unga kadrlar zaxirasini yaratiş ham asosiy vazifalardan bölişi kerak.