Özbekiston Kambağallikni qisqartiriş va bandlik hamda vazirlik huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi Polşaning Kelse şahrida bölib ötgan meva işlab çiqaruvçilar iqtisodiy forumida qatnaşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Oçiq bahs-munozaralar davomida polşalik tadbirkorlar mamlakatlar yoşlarining Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarga köp ketayotgani sababli işçi kuçi yetişmasligini, bu esa tayyor hosilni yiğib ololmaslik bilan boğliq katta yöqotişlarga sabab bölayotganini ta’kidladi.

Polşa boğbonlari uyuşmasi raisi Vitold Pekarnik Özbekistondan kelgan işçilar haqida ijobiy fikr bildirib, ularni obröli, intizomli va mehnatkaş sifatida tavsifladi. Şu bilan birga, viza olişda tösiqlar mavjudligi, bu migrantlarning Polşaga kelişini sezilarli darajada qiyinlaştirayotgani qayd etildi.

Borovka plantatsiyalari uyuşmasi raisi Bartlomey Milçarek qişloq xöjaligi işlari uçun ming nafar işçi yetişmasligi ma’lum qildi. U uşbu örinlarga Özbekiston fuqarolarini qabul qilişga tayyorligini bildirdi.

Bundan taşqari, boğbonlar uyuşmasi tomonidan Polşa parlamentiga Özbekistonni mamlakat mehnat bozoriga kiriş osonlaştirilgan davlatlar röyxatiga kiritiş böyiça tegişli murojaat yöllaşi töğrisida kelişib olindi.