Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Janubiy Koreya bilan muzokaralar maqsadini aytdi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning ma'lum qilishicha, u Janubiy Koreya hududiga mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatga barham berish maqsadida kelgan. Janubiy Koreya delegatsiyasi vakilining so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
«Men ziddiyatga yakun yasash maqsadida keldim», - deya Kim Chen Inning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Janubiy Koreya yetakchisi vakili Koreyalararo sammit birinchi bosqichidan so‘ng tashkil etilgan brifingda.
Shuningdek, KXDR yetakchisi Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inga ko‘proq uchrashishni taklif qildi.
«Keling, endi ko‘proq uchrashamiz. Keling, yaxshi dunyoni birgalikda quramiz», - deya Kim Chen Inning so‘zlarini keltirgan Janubiy Koreya prezidenti vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti o‘rtasidagi muzokaralarning ertalabki qismi yakunlangani, Shimoliy Koreya rahbari Janubiy Koreya hududini tark etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026