Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Botir Asadillayeviç Xöjayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etildi va yangi taşkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Foto: Xalqaro Press-klub
Botir Xöjayev 2006—2009 yillarda — Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri sifatida işlagan. 2005–2006 yillarda Özbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari böyiça Davlat maslahatçisi, 2009—2011 yillarda — Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari – Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi, 2011 yil noyabrda Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi. U 2016 yil dekabrda Rustam Azimov örniga Moliya vazirligiga rahbar etib ötkazilgan, 2017 yilning noyabridan buyon Iqtisodiyot vazirligini boşqarib kelayotgandi.

Şuningdek, Ravşan Ayuboviç Ğulomov vazirning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ravşan Ayuboviç Ğulomov turli yillarda Markaziy bank raisi birinçi örinbosari (2001-2004), Özbekiston Milliy banki raisi birinçi örinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinçi örinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Taşqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinçi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori sifatida işlagan. U 2017 yilning aprelidan 2018 yilning avgust oyigaça Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi bölgan, keyingi vaqtlarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlaştiriş, moliya va bank tizimlarini isloh qiliş, xususiy tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş masalalari yiğma axborot-tahlil departamentining mudiri sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Biroz avvalroq Özbekiston Prezidentning «Iqtisodiy rivojlaniş sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta taşkil etilgani
















