Toşkent şahar hokimligi “Abdulla Qodiriy majmuasi”da amalga oşirilayotgan loyiha böyiça ma'lumot berdi.
Loyihaga köra, Abdulla Qodiriy boği hududida Qodiriy nomidagi ijod maktabi va zamonaviy kutubxona barpo etiladi, adibning haykali örnatiladi, şuningdek, adib yaşagan xonadon va uning atrofida ham hozirda rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlari olib borilayotgan bölib, bu joyda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi taşkil etiladi.
Sanab ötilgan işlarni amalga oşiriş uçun 60 mlrd. sömdan ziyod mablağ talab etiladi, jumladan, uy-muzey uçun – 12 mlrd. söm, maktab va haykal uçun – 40 mlrd. söm, hudud atrofidagi xonadonlarni köçirişga kompensatsiya uçun – 10 mlrd. söm közda tutilgan.
Abdulla Qodiriy nomini abadiylaştiriş, uning nomidagi majmua va uy muzeyini zamonaviy talablar va milliy an'analar asosida barpo etişga qaratilgan loyihani amalga oşiriş natijasida hududda “Abdulla Qodiriy majmuasi” timsolida etno boğ va etno şaharça barpo etiladi.
Mazkur loyihani amalga oşiriş uçun davlat budjetidan mablağ ajratilişi közda tutilmagan, deyiladi ma'lumotda.
Loyihaga köra, boğning bir qismida Abdulla Qodiriy yaşagan davr ruhi aks etgan etno şaharça taşkil qilinadi. Qolgan qismi esa rejalaştirilgan bunyodkorlik va yuqori sifatda obodonlaştiriş uçun bino va mehmonxona barpo etiş maqsadida investorlarga investitsion şartlar bilan taklif etilmoqda.
Uşbu şart orqali kelib tuşgan mablağlar yuqorida körsatilgan kutubxona, maktab, haykal, uy-muzeyini quriş, yuqori sifatdagi obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş va köçirilayotgan xonadonlar uçun kompensatsiya tölaş maqsadlarida sarflanadi.

















