Osiyodagi eng yaxşi universitetlarning yangi reytingiga Özbekistonning 23 ta oliygohi kirdi. Biroq, ulardan heç biri yuqori yuztalikdan joy olmadi. Bu haqda QS Asia University Rankings 2025 ma’lumotlaridan oydinlaşmoqda.

Osiyoning 25 ta mamlakatidagi 985 ta oliy ta’lim dargohi reytingga kiritilgan. Oliygohlar tadqiqot va ixtirolar, ta’lim beriş tajribasi (talabalar va öqituvçilar soni nisbati, doktorlik darajasiga ega öqituvçilar), global hamkorlik (xalqaro tadqiqot tizimi, xorijlik talabalar, xalqaro fakultetlar), işga joylaştiriş, ingliz tili va boşqa akademik test natijalari kabi kriteriyalar asosida baholangan.

Eng yaxşi oliy ta’lim dargohi sifatida Xitoyning Pekin universiteti qayd etildi. Uşbu oliygoh 100 ball töpladi. Yuqori beşlikdan Hongkong universiteti, Singapur milliy universiteti, Nanyang texnologiya universiteti (Singapur) va Fudan universiteti (Xitoy) ham joy oldi.

Reytingga Özbekistonning 23 ta oliy ta’lim dargohi kiritildi, ammo ulardan heç biri yuqori yuztalikdan joy olmadi. Eng yaxşisi sifatida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti qayd etilgan. Uşbu oliygoh reytingda 44,9 ball bilan Osiyoda 159-örinni, Markaziy Osiyoda 7-örinni egalladi.

Umuman olganda, 23 ta oliygohdan faqat törttasi reyting ballarini töplaşga erişgan xolos. Jumladan, Özbekiston Milliy universiteti 34,5 ball bilan 242-örinda, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 25,7 ball bilan 359-örinda, Toşkent davlat texnika universiteti 25,5 ball bilan 368-örinda qayd etilgan.

Reytingda Qozoğistonning 35 ta oliygohi qayd etildi. Ulardan oltitasi Markaziy Osiyoda yetakçi örinlarni egallab turibdi.

Şuningdek, reytingga Qirğizistonning 6 ta oliygohi, Tojikistonning 1 ta oliygohi kiritildi. Turkmanistonning birorta oliygohi reytingdan joy olmadi.