
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining yozişiça, ular u yerda Özbekiston rasmiy vakillari iştirokisiz keçki ovqatni tanovul qilgan, musiqaçilar bilan suratga tuşgan, Halima Yoqub esa mehmonlar kitobiga yozuv qoldirgan.
«Ajoyib keçki ovqat, musiqa va atmosfera uçun rahmat. Bizga keçki ovqat juda yoqdi», — deb yozgan Singapur prezidenti.

Muhammad Abdulla Alhabşi musiqaçilar bilan birga doira çalgan.
Qalampir naşri Singapur prezidenti keçki ovqatni tanovul qilgan restoranda «bayramona» palovning bir porsiyasi 59 ming söm, şilpildoq - 68 ming söm, kotlet - 14 ming söm, manti - 7 ming söm ekaniga e’tibor qaratdi.
Şu bilan birga, 2022 yil 24-26 mart kunlari bölib ötgan Toşkent xalqaro investitsiya forumini taşkil etiş uçun kamida 15 milliard söm sarflandi.
Öşanda amaldorlar mas’uliyati çeklangan jamiyatlaridan biri bilan 1,5 litrli Coca-Cola’ni 32 ming sömdan, şarbatlarni esa 48 ming sömdan sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan.
Forum dasturxonida berilgan ba’zi taomlar uçun narxlar quyidagiça hisoblangan:
- 1 dona somsa – 70 ming söm;
- 1 porsiya palov – 80 ming sömdan 130 ming sömgaça;
- norinning 1 porsiyasi – 130 ming söm;
- 1 porsiya mastava – 50 ming söm;
- 1 dona sabzavot assortisi – 100 ming söm.
Şuningdek, 8-9 sentabr kuni Toşkentda bölib ötgan parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar yetakçi ayollarining 14-sammitiga taşrif buyurgan mehmonlarning ovqati uçun Oliy Majlis Senati tomonidan 1 milliard 56 million sömdan ortiq mablağ sarflandi. Keçki ovqat uçun möljallangan göştli assorti, dudlangan losos va pişloq soliq tölovçilarga qariyb 90 million sömga tuşdi.
















