Özbekistonda beş yillik «Obod mahalla » dasturi qabul qilinadi, u şaharlarning qiyofasini özgartirişi kerak. Bu haqda iqtisodiyot vaziri Botir Xöjayev ma'lum qildi.

Botir Xöjayev
Foto: Xalqaro Press-klub

«Yaqin kunlar içida yangi dasturni körasizlar. U «Obod mahalla» deb ataladi», - dedi Xöjayev Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada.

Dasturga xarajatlar 12-15 trillion sömga baholanmoqda, deya ta'kidlab ötgan vazir.

Uning sözlariga köra, dastur mamlakat sanoat işlab çiqarişining qariyb 54%ni taşkil etayotgan asosiy 30 şaharning «taşqi qiyofasini yangilaş»ga qaratilgan.

«Qabul qilinadigan tadbirlar aholi turmuş darajasini yuksaltirişga xizmat qilişi kerak», - dedi Xöjayev.

Özbekistonda «Obod qişloq» nomi ostida şu kabi dastur amalga oşirilmoqda. Avvalo, u uzoq aholi punktlaridagi hayot şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan. Masalan, 2018 yilda mamlakatning 174ta tumanidagi 368 mahalla hududlarini kompleks yangilaş böyiça çora-tadbirlar nazarda tutilgan.