Boş prokuratura bölim boşliği Abdurahim Muhiddinovga köra, respublika böyiça ötkazilgan örganişlar davomida «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosi böyiça kamçilikka yöl qöygan va öz vazifasini lozim darajada bajarmagan 427 nafar mas’ul şaxs intizomiy, 724 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 3040 nafar mutasaddi rasman ogohlantirilgan.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, Qaşqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toşkent viloyati hokimlarining hamda 107 nafar tuman (şahar) hokimlarining örinbosarlari, şuningdek Madaniy meros agentligi direktori, Madaniyat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda “Özsuvta’minot” AJ rahbarlarining sohaga mas’ul örinbosarlariga jazo çoralari qöllangan.

“Qöpol qonunbuzilişi holatlari yuzasidan 185 ta jinoyat işlari qözğatildi, 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi. Quriliş sifati va iş hajmlarining töliq bajarilişi örganilib, 1553 ta holatda sifatsiz bajarilgan 32,3 mlrd sömlik hamda 793 ta holatda hisobotlarga qöşib yozilgan 37,9 mlrd sömlik işlar bartaraf ettirilişi orqali kelib çiqişi mumkin bölgan huquqbuzarliklarning oldi olindi.
Şu bilan birga, obekt pudratçisini tanlaşdagi korrupsiya holatlarining oldini oliş maqsadida pudratçilarning reytingini haqqoniy tarzda, inson omilisiz aniqlaş va tender ötkazişda adolatli raqobat muhitini ta’minlaş yuzasidan takliflar işlab çiqilib, hukumat tomonidan uşbu takliflarni amaliyotga tatbiq etiş çoralari körildi”, deydi Abdurahim Muhiddinov.
Boş prokuratura mulozimining ta’kidlaşiça, Respublika ştabi tomonidan “Obod qişloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga kiritilgan obektlardagi quriliş - ta’mirlaş işlarining sifati ustidan ta’sirçan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş maqsadida “QURILISHDA NAZORAT” deb nomlangan maxsus telegram-bot işga tuşirilgan hamda işonç telefoni taşkil etilgan.
“Mazkur bot orqali fuqarolarimiz tomonidan öz yaşaş hududidagi davlat dasturiga kiritilgan obektlar böyiça amalga oşirilayotgan quriliş işlari haqida prokuratura organlaridan taşkil etilgan ştablarga fotolavhalar bilan birgalikda töğridan töğri xabar yuborişlari hamda işonç telefoni orqali murojaatlarini qoldirişlari mumkin. Bildiriladigan har bir xabar Respublika ştabi tomonidan nazoratga olinib, qisqa muddatlarda körib çiqilişi ta’minlanadi”, deydi mutasaddi.
















