Vazirlar va hokimlar bittadan maktabni otaliqqa oladi
Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘zlari va o‘rinbosarlari tomonidan bittadan maktabni otaliqqa oladilar.
2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilishicha, ushbu mansabdor shaxslar bir oy muddatda maktablarni otaliqqa olish yuzasidan aniq takliflarni Xalq ta'limi vazirligiga kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov):
ikki oy muddatda hudud, sektor, vazirlik va idoralar rahbarlarining maktablarni otaliqqa olish ro‘yxatini;
uch oy muddatda 2020 yil davomida ushbu rahbarlarning maktablarga tashrif buyurish reja-grafigini tasdiqlaydi.
Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov, Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Markaziy bank (Nurmurodov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Jalilov), Savdo-sanoat palatasi (Ikromov) bir oy muddatda 2020 yil davomida maktablarga tashrif buyurish reja-grafigi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqadi:
“vazir soati”, “tadbirkor va bankirlar sabog‘i” kabi dars amaliyotlarini joriy qilish va maktablarda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o‘tishlarini ta'minlash;
nuroniy va keksalarning o‘zlarining boy hayot yo‘li va ibratli tajribasini yoshlarga yetkazish bo‘yicha uchrashuvlarni tashkil etish;
diniy ulamolarning maktablarda ma'rifat, bag‘rikenglik, odob va axloq me'yorlari hamda ulug ajdodlarimizning ma'naviy merosini o‘rgatishlarini tashkil etish.
Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov) uch oy muddatda biriktirilgan maktablarda hudud, sektor, vazirlik va idoralarning rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng ommaga targ‘ib qilish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida maxsus veb-saytni ishga tushiradi.
Mavzuga oid
08:13 / 27.09.2023
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibi joriy etiladi
07:22 / 12.09.2022
IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
18:48 / 15.10.2021