Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, köplab mamlakatlar uçun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.

BMTning Jahon sayyohlik taşkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo böyiça 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bölsa, 2016 yil yakuni böyiça bu körsatkiç 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oşgan. Sayohatçilarga körsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQŞ dollarini taşkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni köriş mumkin.

Bundan körinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Şu bois dunyoning köplab davlatlari uşbu sohani yanada rivojlantiriş, bu borada tegişli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratiş va sayyohlar oqimini oşiriş böyiça barça çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.

Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda öz aksini topgan:

2015 yilda eng köp xorijlik mehmonlarni qabul qilişda Fransiya (83,7 million), AQŞ (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuçli beşlikda turişibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuçli öntalikdan joy olgan. Biroq bu körsatkiç böyiça Yevropa va Osiyoning bir neçta şaharlari yetakçilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London (17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) singari şaharlarni keltiriş mumkin.

150-örin Özbekiston uçun aslo xos emas

Afsuski, Özbekiston bu sohada hali ança orqada ekanligini köriş mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar böyiça kengaşi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga köra, Özbekiston sayyohlar taşrifi böyiça dunyo mamlakatlari orasida 150-örinni egallaydi.

Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida öz örniga ega bölişiga qaramasdan, turistlarga qulay şaroit yaratiş, servis xizmatini yaxşilaş, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oşiriş va reklamani kuçaytiriş darajasi juda past. Şuning uçun bu borada sezilarli ösiş haqida fikr yuritiş ana şu omillarga boğliq.

Turizm böyiça raqobatbardoş mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, xalqaro şaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bölib, uşbu röyxatda Qozoğiston 85-örin, Qirğiziston 116-örin, Tojikiston 119-örinni egallagan, Özbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari örtasida eng oxirgi örinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan.