Uçraşuv avvalida davlat rahbari Germaniya kansleriga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi. 

Taşrif doirasida ötgan qöşma biznes-forum yuksak baholandi. Uning yakunida umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi. Germaniya kompaniyalarining Özbekistondagi loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida KfW, Deutsche Bank banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng kölamli şeriklikni rivojlantirişga kelişib olindi.

Germaniya hukumati Özbekistonning JSTga qöşilişini hamda Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni imkon qadar tez imzolaşini bundan buyon ham qöllab-quvvatlaşga tayyorligi bildirildi. Siyosiy muloqotni davom ettiriş muhimligi qayd etildi. Tomonlar taşrif çoğida Köp qirrali hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş töğrisida Hukumatlararo deklaratsiya imzolanişini olqişladilar.

Olaf Şols Özbekistonning Markaziy Osiyoda döstlik va özaro işonç muhitini yaratiş, integratsiyani çuqurlaştiriş böyiça yangi mintaqaviy siyosatini qöllab-quvvatladi. "Germaniya - Markaziy Osiyo" formatida muloqot maydonini işga tuşirişga ahdlaşib olindi.

Mintaqada, şu jumladan Afğonistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi. Uşbu mamlakat uçun humanitar loyihalarni davom ettiriş, şu jumladan Termizdagi logistika majmuasi va Afğon yoşlari uçun ta’lim markazi imkoniyatlaridan foydalaniş zarurligi qayd etildi.

Transport v logistikani rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan boğlaydigan samarali yönalişni şakllantirişga xizmat qiluvçi Transkaspiy yölagini birgalikda rivojlantiriş böyiça yakdil fikr bildirdilar.