Maktab vaziri örinbosarining hududiy boşqarmalarga yöllagan xatida 25 dekabrdan 5 yanvargaça xodimlardan özi rahbarlik qilayotgan taşkilotda 24 soatlik uzluksiz navbatçilik taşkil qiliş va hududiy ştablar faoliyatini yölga qöyiş söralgan. Boşqarmalar esa xatda nima söralgan bölsa, şuni tuman-şahar bölimlariga, u yerdan esa maktab va boğçalarga yönaltirgan. Avvalroq aynan şu topşiriqni bajargani uçun Buvayda tumanidagi 37-maktab direktori işdan olingandi.
Kun.uzʼda buvaydalik öqituvçilarning rasman dam oliş kunlari ham maktabda qolib tun-u kun navbatçilik qilganiga oid murojaati e’lon qilingandi. Unga köra, 37-maktab direktori Hasanboy Nişonov imzolagan va muhr qöyilgan buyruq asosida pedagoglar 13 sutka tun-u kun maktabda bölişga majburlangan.
Maktab direktori qabul qilgan uşbu buyruqning kelib çiqiş nuqtasi Maktab va maktabgaça ta’lim vazirligi va hukumatga boğlanyapti.
Kun.uzʼga Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan XDFU (xizmat doirasida foydalaniş uçun) grifi bilan hududiy boşqarmalarga yöllangan topşiriq xati kelib tuşdi. Unda xodimlardan özi rahbarlik qilayotgan taşkilotda belgilangan muddatlar, ya’ni 2025 yil 25 dekabridan 2026 yil 5 yanvariga qadar 24 soatlik uzluksiz navbatçilikni va hududiy ştablar faoliyatini yölga qöyiş söralgan.
Xat mazmuni “Vazirlar Mahkamasining 20 dekabrdagi 245-sonli bayoni ijrosini ta’minlaş maqsadida” deb boşlanadi.
Tahririyat hukumatning mazkur bayoni bilan ham tanişdi. Unda (bayonning 28-bandi) 25 dekabrdan 2026 yil 5 yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasida tun-u kun işlaydigan Respublika ştabi faoliyati taşkil etilişi, vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari şu sanalar oraliğida 24 soatlik uzluksiz navbatçilik va hududiy ştablar faoliyatini yölga qöyiş belgilangan.
Kun.uz ixtiyoridagi hujjatlardan körinişiça, yangi yil bayrami munosabati bilan öqituvçilarning navbatçiligi respublikadagi deyarli barça maktablarda taşkil qilingan bölişi mumkin.


Eslatib ötamiz, ayni xabar tarmoqlarda rezonans uyğotgaç, Buvaydadagi 37-maktab direktori öqituvçilarga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklaganlik vaji bilan işdan olingandi.
















