Qozoğistonning Pavlodar viloyatida özbekistonlik 47 nafar mehnat muhojiri buzilib qolgan avtobusni tark etişdan boş tortib, trassada 8 soat turdi. KTK telekanalining ma'lumot berişiça, ular orasida 5 yaşar bola ham bölgan.
Yölovçilar Novosibirskdan Toşkentga qaytayotgan edi. Ularning barçasi muzlab qolayotgan edi, ammo jonlarini saqlab qoliş uçun ğildiraklarni yoqqanlar. Şunda muhojirlardan biri tutun bilan zaharlangan.
Voqea joyiga yetib kelgan şifokorlar muhojirlarni isitiş punktiga borişga köndira olmadi, buning natijasida yordam şu yerning özida körsatildi. Muhojirlar qutqaruvçilarning xizmatlari pullik deb hisoblab, pullarni tejaşga harakat qilişgan.
















