26 fevralda Toşkent aeroportida favqulodda qönişni amalga oşirgan samolyot egasi Azur Air aviakompaniyasida favqulodda vaziyatda uçuvçilar amalga oşirgan harakatlar töğri bölgani aytildi. Bu haqda "Rambler.Puteşestviya" naşriga kompaniyaning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça direktori Anastasiya Matyuşina ma'lum qildi.

"Samolyot hujjatlari qöllanmasiga köra, uçuvçilar samolyotni bunday turdagi samolyotni qabul qila oladigan yaqin oradagi aeroportga qöndirib, bu vaziyatda töğri qaror qabul qilişgan. Samolyot işçi tartibda qöndirilgan", deb aytdi Matyuşina.

Matyuşinaning aytişiça, reysdagi 327 yölovçi ikkita zaxira samolyotlarining kelişini poylamoqdalar. Bu samolyotlar ularni Pxuketga yetkazadi. Ularga yegulik va içimlik berilgan. Matyuşina ikkita Boeing 757-200 samolyoti parvozga şay turganini, biroq aviakompaniya Pkuxetgaça yölda joylaşgan Hindiston, Pokiston va boşqa davlatlar tegişli idoralaridan uçib ötişga ruxsat berilişini kutmoqda.

Avvalroq Moskvadan Tailandning Pxuket oroliga uçib ketayotgan Boeing 767-300 samolyoti Toşkent aeroportida favqulodda qöniş amalga oşirgani ma'lum qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, samolyot dvigatelda moyning kamayib ketganidan ogohlantiruvçi datçikning işlab ketganidan keyin qöndirilgan. Rossiyaning Yenisey transport prokuraturasi uşbu voqea yuzasidan parvozlar xavfsizligi haqidagi qonunning bajarilişini tekşirişni boşladi.