Yigirma yil - bu şunçaki vaqt ölçovi emas. Bu minglab oilalarning xotiralari, bolalikning beğubor onlari, bir dasturxon atrofida ötgan samimiy suhbatlar va avloddan avlodga ötib kelayotgan şirin anʼanalar tarixidir.
2006-yilda öz faoliyatini boşlagan Chococream bugun köplab özbekistonliklar uçun taniş va qadrli brendga aylangan. Bir paytlar uning taʼmidan bolaligida bahramand bölganlar bugun öz farzandlari bilan ana şu şirin lahzalarni baham körmoqda.

Aynan şu ğoya - avlodlar örtasidagi mehr, yaqinlik va şirin xotiralar brendning 20 yillik yubiley bayramida ham öz ifodasini topdi.

Magic City bir kunga sehrli şokolad olamiga aylandi
Yubiley munosabati bilan Magic City hududida öziga xos ertakona muhit yaratildi. Rang-barang dekoratsiyalar, şirinliklar şaklidagi bezaklar, tematik maydonçalar va Oompa-Loompa qahramonlari mehmonlarni göyo «Çarli va şokolad fabrikasi» olamiga olib kirdi.

Bayramda 2400 dan ortiq mehmon iştirok etdi. Kattalar va bolalar uçun tayyorlangan interaktiv öyinlar, qiziqarli tanlovlar, köngiloçar dasturlar hamda şirin sovğalar tadbirga yanada fayz bağişladi.

Ayniqsa, bolalarning quvonçi, oilalarning birgalikda ötkazgan vaqtlari va mehmonlarning samimiy tabassumlari bayramning eng qadrli lahzalariga aylandi.
Chococream bu yubiley orqali faqat öz tarixini nişonlaş bilan çeklanmadi. Brend öziga yillar davomida işonç bildirib kelayotgan isteʼmolçilar bilan quvonçni baham körişni maqsad qildi.
















