Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 29 fevral kuni Moskvada 4 yoşli qizça qotilligida gumon qilinib qölga olingan özbekistonlik Gulçehra Boboqulova işi böyiça munosabat bildirdi. U gumonlanuvçi bir telba ekani va uning savollarga qaytarayotgan javoblari ham şunga yaraşa qabul qilinişi haqda aytgan.
Rossiya Tergov qömitasida xabar berilişiça, 29 fevral kuni Moskva şahri “Oktyabrskoye pole” metrosi stansiyasida qölida yoş bola boşini uşlab olgan ayol qölga olindi.
Ma'lum bölişiça, 1977 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi Gulçehra Boboqulova Moskva şahridagi Narodnoye opolçeniye köçasidagi köpqavatli uylarning birida istiqomat qiluvçi oilada enaga bölib işlagan. Taxminlarga köra, ayol qizçaning ota-onasi uydan çiqib ketişlarini kutgan va şundan söng qizçani öldirib, kvartiraga öt qöygan va telbanamo ahvolda köçaga çiqib ketgan. Yonğin öçirilgaç, qizaloqning boşsiz tanasi aniqlangan (ilk ekspertiza xulosalariga köra, qizaloq avval böğib öldirilgan va şundan söng boşi tanasidan judo qilingan bölişi ham mumkin).
Manbalarda aytilişiça, uning bu harakati radikal ekstremistlar tomonidan uyuştirilgan. Ayolning özi bu işni nega qilganini söraşganida "Alloh amri bilan" deya javob qaytargan.
Peskovning fikr bildirişiça, ayni vaqtda u bir telbaligi uçun, uning sözlariga qarab xulosa qiliş töğri bölmaydi.
"Bu işni u amalga oşirgani körinib turibdi. Lekin u avvalo telba. Men balki xato qilayotgandirman, men tergovçi emasman, sud hakami ham emasman. Lekin menga şunday tuyulmoqdaki, undan foydalanişgan. U öziga örgatilgan gaplarni takrorlagan, Suriyada ham qizçalar öldirilayotganiga javob sifatida bu işni qilganini aytgan va Suriyaga IŞID safiga borib qöşiliş niyati haqida bildirgan", deydi matbuot kotibi.
Peskov şuningdek, bu fojiali voqea Rossiya davlat telekanallarida körsatilmaganini ma'qullagan.











