5 martda Moskva masjidlari va musulmon ummati markazlarida juma namozidan keyin enagasi tomonidan vahşiy öldirilgan qizçaning ota-onasiga pul yiğa boşlandi. Köpçilik dindorlar Moskva musulmonlar diniy boşqarmasining bu taşabbusiga xayrixohlik bildirdilar, biroq boşqarma yiğilgan pulning umumiy qiymatini aytişni istamadi.

Pullar 4 ta jome' masjidi va masjidi bölmagan 7 ta markazda yiğildi. Barça töplangan pullar qizçaning ota-onasiga topşiriladi.

Moskva musulmonlar diniy boşqarmasining muftiysi Ildar Alyautdinov bu aksiyani "bir oila va qalbining tubigaça hayratlangan Rossiya jamiyatining musibat oldidagi diniy birdamligi ramzi" böldi, deb aytdi. Imom "ham insoniylik, ham din nuqtai nazaridan barça çegaralardan taşqariga çiquvçi bu vahşiy qotillikni islom diniga mansub odam tomonidan amalga oşirilganidan" afsusdaligini aytdi.

Rossiya Tergov qömitasining Moskva böyiça boş tergov boşqarmasi 4 martda qizçaning qotili, özbekistonlik Gulçehra Boboqulovaga uşbu jinoyat yuzasidan rasman ayblovni e'lon qildi.