22 aprel kunidan boşlab Toşkent şahridagi tramvay yönalişlari soni 2ta qoladi. Uz24 saytining «Toşşahartransxizmat»ga asoslanib xabar berişiça, Toşkent şahridagi 9- va 13-tramvay yönalişlari faoliyati 22 apreldan butunlay töxtatiladi.

Uşbu yönalişlarni tugatiş haqidagi buyruq bugun, 21 aprel kuni çiqarilgan.

17- va 8-tramvaylar faoliyati taxminan 1 iyunga qadar davom etişi aytilgan.

Manbaning ma'lumotiga köra, tramvay depolari xizmatçilari qayta tayyorgarlikdan ötib, Toşkent metropolitenida yoki «Toşşahartransxizmat»ning boşqa bölinmalarida iş bilan ta'minlanişi közda tutilgan.

Toşkent şahri hokimiyati Toşkent şahridagi 6ta tramvay yönalişlari faoliyati töxtatilişi haqida mart oyi oxirida ma'lum qilgandi.

12 aprel kuni Toşkent şahrida №12 yönalişi («Beşqayroğoç» dahasidan «Beruniy» metrosigaça) va №26 yönalişi («Qöyliq-6» dan «Toşkent» vokzaligaça) böyiça harakatlanadigan tramvaylar harakati töxtatildi. Natijada, şaharda faqat 4ta tramvay yönalişi qoldi.

Keyinroq 20 apreldan boşlab 9-raqamli («Toşkent» vokzali — «Çilonzor-26» dahasi) va 13-raqamli («Toşkent» vokzali — «Qöyliq markazi») yönalişdagi tramvaylar harakatlanişdan töxtaşi haqida xabar berildi.

Ammo bu xabar amalda isbotini topmadi — 20 aprel kuni tramvaylar qatnovni davom ettirdi.

Şu tariqa, şaharda 115 yildan buyon harakatlanib kelayotgan tramvaylar 2010 yilning bahorida yopilgan trolleybuslar ortidan tarixga aylanmoqda. Buning sababi sifatida ularning jamoat transportining boşqa turlariga nisbatan «samarasiz» ekanligi keltirilgan.

Şu oydan boşlab tramvaylar harakatlangan yönalişlarda mos ravişda T8, T9, T13 kabi avtobuslar harakati yölga qöyildi. Bu yönalişlarda Isuzu avtobuslaridan foydalanilmoqda. Sentyabr oyi oxirigaça şahar hokimiyati 80ta şunday avtobuslar sotib olib, har bir yönalişga 10tadan 18tagaça avtoulov qöyişni rejalaştirgan.