Prezident matbuot xizmatiga köra, Şavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti doirasida OYAK kompaniyasi boş ijroçi direktori Murat Yalçintaşni qabul qildi.

Uçraşuvda Özbekistonda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi. Yalçintaş kimyo sanoati, geologiya va quriliş yönalişlarida hamkorlikka qiziqiş bildirib, Yangi Toşkentdagi turar joy va taşqi infratuzilma obyektlari qurilişida faol qatnaşişga tayyor ekanini taʼkidladi.

Şavkat Mirziyoyev sönggi yillarda Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari izçil rivojlanayotganini qayd etdi. Prezident bu jarayonda işbilarmon doiralar muhim örin tutayotganini taʼkidladi.


















