"Makdonalds" restoranlari tarmoği Pokistonning Kvetta şahrida özining restoranini oçdi. Bu şaharning aholisi "Tolibon" terrorçilik guruhiga röyxuşlik qilişi bilan tanilgan. Bu haqda 29 aprelda NBC News telekanali xabar berdi.
Tamaddixonadagi taomlarning barçasi halol taomlardir. Taomnomada makmafin – tuxum va kotletli buterbrod ham bor, biroq unda çöçqa göşti örniga tovuq göşti işlatilgan.
Telekanal muxbiri makarabiya gamburgeri (yopgan non va mol göşti kotletidan tayyorlangan sendviç), fri kartoşkasi va içimlikdan taşkil topgan örtaça töplam 5 dollardan kamroq turişini aniqladi.

"Men "Makdonalds" oçilganini bildim, biroq biz u yerda heç qaçon ovqat yemaymiz. Biz hattoki u yerdagi taomni özimizga yegulik deb ham hisoblamaymiz. Biz keskin, toğli hududda yaşaymiz va duşman bilan kuraşiş uçun haqiqiy quvvatga ehtiyojmandmiz", deb aytdi "Tolibon" dala qömondonlaridan biri Ehsonulloh Ehson. Uning aytişiça, guruh jangarilari qöy göşti va guruçni afzal körişadi.
Tolib bir marta "Makdonalds"da tamaddi qilganini, biroq bu "juda qimmat va bemaza" bölgani qöşimça qilib ötdi. Biroq u "tez tayyorlanuvçi taom şoşilinç paytda boşqa yaxşi yegulik bölmaganda töğri kelişini" tan oldi.
Kvetta Pokistonning Balujiston viloyati poytaxti hisoblanadi. Bu şaharda ötgan asrning 80-yillarida toliblarning ta'siri juda kuçli bölgan. Şahar aholisi hali ham toliblarga röyxuşlik qiladi, deb hisoblanadi.
2015 yilda The Independent naşri Kvettani terrorçilik hujumi yuz beriş ehtimoli yuqori bölgan dunyoning 10 ta şahri qatoriga qöşgandi. Telekanalning ma'lum qilişiça, "Makdonalds" tamaddixonasi politsiya kuçaytirilgan nazorat olib boruvçi şaharning markaziy tumanida oçilgan.












