Kupertinolik kompaniya özining iOS uçun ilovalar işlab çiqaruvçi xodimlariga "Makdonalds" butun dunyo böylab işlab topadigan pulidan köproq maoş tölaydi. BGR naşri Apple'ning 2017 yilgi moliyaviy hisobotini tahlil qilib, şunday xulosaga keldi. 

Apple hisobotiga köra, kompaniya 2017 yilda iPhone va iPad uçun ilovalar işlab çiqaruvçilariga 26,5 milliard dollar tölagan. Manbaga köra, bu "Makdonalds"ning yil böyi butun dunyodan işlab topgan umumiy daromadidan ham köpdir. Fortune reytingiga işonadigan bölsak, 2017 yilda fastfud tarmoğining daromadi 24,6 milliard dollarni taşkil qilgan. 

2016 yilda kupertinoliklar özining ilovalar işlab çiqaruvçilariga "atigi" 20,3 milliard dollar tölaşgan, bu 2017 yilda ularning daromadi oşganidan dalolat beradi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, App Store tarixida (2008 yildan beri) kompaniya öz işlab çiqaruvçilariga 86 milliard dollardan ortiq pul tölagan.

Ta'kidlanişiça, Apple işlab çiqaruvçi daromadining 30 foizga yaqinini öziga olib qoladi. Taxminiy hisob-kitoblarga köra, kupertinoliklar 2017 yilda faqat ilovalar sotuvining özidan 37,8 milliard dollar işlaşgan.