Buyuk Britaniyaning Ipsviç şahrida yaşovçi kimsa eBay onlayn-auksionida "Makdonalds"da tayyorlangan noyob qaylani 14,7 ming dollarga sotdi. Bu haqda The Mirror naşri xabar bermoqda.   

Ma'lum qilinişiça, noma'lum xaridor 1998 yilda "Mulan" multfilmi premerasi uçun "Makdonalds" tomondan çeklangan miqdorda işlab çiqarilgan noyob siçuan qaylasini sotib olgan. Keyin uşbu qayla "Makdonalds" taomnomalaridan olib taşlangan. 

Sotuvçining aytişiça, u qayla solingan idişni eski avtomobil salonini tozalayotganda topib olgan. "Men uni 20 yillik qaylani haqiqatan ham tanovul qilişni istayotgan biror kimsa sotib olişiga umid qilaman. Men uni kolleksionerga sotişni istamayman", deb aytilgan qaylaga auksionda berilgan ta'rifda.

Ta'kidlanişiça,  qayla "Rik i Morti" multserialining 3-mavsumi 1-seriyasi çiqqandan keyin ommalaşib ketgan. Multfilmdagi qahramonlardan biri tomoşabinlarga "Makdonalds"ning siçuan qaylasiga mukkasidan ketgani haqida gapirib beradi. 

Uşbu multfilm muxlislarning noyob qayla ortidan "ov uyuştirişlariga" yetarlilik qilgan va ular qaylani sotuvga qaytariş iltimosi bilan petitsiya ham uyuştirişgan.

Aprel oyida eBay’ da "Makdonalds"ning şu qaylasi surati sotilişi haqida e'lon paydo bölgan. Surat uçun 100 dollar söralgan. Biroq foydalanuvçilar suratga  narxlarni faol oşira boşlaşgan va oxir-oqibat uning narxi 76 ming dollardan oşib ketgandi.