Yaman janubida Adan şahri gubernatoriga navbatdagi suiqasd uyuştirildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma'lumotiga tayanib, RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Suiqasddan omon qolgan gubernator Idris az-Zubeydiyning özi aytib berişiça, u ötirgan avtomobil ketayotgan kortejga portlovçi qurilma örnatilgan avtomobil kelib urilgan. Natijada gubernatorning 3 nafar qöriqçisi halok bölgan.
Kortejdagi avtomobillarning birida gubernator va Adan politsiyasi boşliği Şalal Ali Şayx ham bor edi.
Gubernator bu suiqasd uçun javobgarlikni "Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida" guruhi zimmasiga yuklagan. Bu guruh bundan avval ham yamanlik bir qator amaldorlarning hayotiga tajovuz qilgandi.
Adan şahri 2015 yilning iyulida sobiq prezident Ali Abdulla Salohning tarafdorlari hamda isyonçi husiylar qölidan qaytarib olingandi. Ayni vaqtda bu şahar Yamanning vaqtinçalik poytaxti hisoblanadi. Mamlakat ğarbida joylaşgan asosiy poytaxt Sano esa isyonçilar qölida qolmoqda.
Yamanda qariyb 2 yildan buyon bir tomonda sobiq prezident tarafdorlari, husiylar, şialarning "Ansor Alloh" harakati turgan, ikkinçi tomonda qonuniy prezident Abd Rabboning tarafdorlari hamda uni himoya qilib kelayotgan Arab koalitsiyasi turgan ziddiyat davom etmoqda.











