Milanlik fotograf Daniel Tamani Kongoga safari davomida afrikalik «Sapeurs» deb nom olgan jyentlmenlarni uçratdi.

«Sapeurs» sözi Kongoning körkam kiyingan kişilari hamjamiyati ma'nosini bildiradi. Uşbu harakatning asosçisi Stervosu Niarçosu hisoblanadi.

«Sapeurs» qiyofasi tanlanganda doimo Paul Smith uslubiga e'tibor qaratiladi. Ser Pol Smitning özi mana şu jyentlmenlarni deb 2010 yilda Afrikaga kelgan:

«Sapeurs»lardan uzoq vaqt köz uzolmaysiz, ular judayam körkam kiyinişadi (har bir mayda-çuydaga e'tibor, rang tanlaş,atrof-muhit va tabiat bilan uyğunlik). Bunga işoniş qiyin, bunday başang kiyiniş uçun vaqt, kuç va pulni ayamaydigan insonlarni hattoki moda poytaxtlari bölmiş Parij yoki Londonda ham topiş qiyin.

Bu odamlarning öziga xosligi şundaki, ularning uslub tanlaşlari majburiy emas, balki mutlaqo tabiiy va deyarli tuğma iste'doddir. Kostyum tanlayotganda atrof bilan uyğunlikni his qila oliş alohida iste'dod.

Agar «Sapeurs»larni podiumga Pol Smit olib çiqqan bölsa, “Guinness”ning reklama kampaniyasi ularni televizorlar ekraniga olib çiqqan.