Eron Iroq poytaxti Bağdoddagi ommaviy namoyişlar tufayli 1 maydan Bağdodga aviareyslarni bekor qildi, deb xabar bermoqda IRNA axborot agentligi.
"Hozirgi voqealar rivoji, şubhasiz, eronlik ziyoratçilarni Bağdodga taşuvçi avialaynerlarga muammo yaratadi, şuning uçun Eron aviakompaniyalari Iroq poytaxtiga parvozlarni töxtatişga qaror qildi", deb aytdi Eronning haj va ziyoratlar taşkiloti boşliği Said Öhadiy.
Ayni vaqtda 300 nafar eronlik ziyoratçi Bağdod yaqinida joylaşgan. Öhadiyning aytişiça, ularga heç narsa xavf solmayapti.
Avvalroq namoyişçilar Iroq parlamenti binosiga bostirib kirişgani ma'lum qilingandi.











