Angliya premer-ligasining 36-tur uçraşuvlari davom etmoqda. Bugunga belgilangan uçraşuvlarning ikkinçisida turnir jadvali peşqadami «Lester» «Mançester Yunayted» maydoniga safar qildi va orzular teatri «Old Traffor»da muddatidan oldin çempionlikni nişonlaş imkoniyatidan foydalana olmadi.
Öyinning dekadasidayoq mezbonlar hujumçisi Antoni Marsiyal hisobni oçdi.

17-daqiqada esa mehmonlar sardori Uesli Morgan jarima zarbasidan keyin boşi bilan De Xea darvozasini işğol qildi -- 1:1.

Öyinning ikkinçi taymida muxlislar gol körişmadi. Öyinning asosiy vaqti yakunlanişiga 4 daqiqa qolganida «Lester» yarimhimoyaçisi Depayga işlatgan qöpolligi uçun maydondan çetlatildi. Hakam tomonidan qöşib berilgan 4 daqiqa davomida hisob özgarmadi.
Endilikda, «Lester» hisobidagi oçkolar soni 77taga yetgan. Jamoa qayd etgan durang ikkinçi örindagi «Tottenhem»da nazariy jihatdan çempionlik uçun kuraş uçun imkoniyat qoldirmoqda. Londonliklar 36-turdagi uçraşuvini ötkazmagan holda 69 oçkoga ega. Jamoa 2 may kuni «Çelsi»ga qarşi derbida maydonga tuşadi. Agar bu öyinda «Tottenhem» oçko yöqotsa, «Lester» avtomatik ravişda çempionga aylanadi.
Turning yana bir öyini «Sauthemtpon» va «Mançester Siti» örtasida keçadi.
Bugungi durangdan keyin Lui van Gaal şogirdlari 60 oçko bilan beşinçi örinda qolmoqda.

Angliya - Premer-liga. 36-tur
Mançester Yunayted (Mançester) – Lester Siti (Lester) – 1:1
Gollar: 1:0 – 8 Marsyal, 1:1 – 17 Morgan.
Mançester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Roxo, Valensiya, Lingard (Mata, 62), Fellayni (Errera, 75), Kerrik, Marsyal, Runi, Reşford (Depay, 82).
Lester – Şmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Kante, Marez (King, 88), Şlupp (Olbrayton, 77), Okadzaki (Grey, 67), Uloa.
Ogohlantirişlar: Lingard (53), Kerrik (57), Drinkuoter (58), Runi (66).
Çetlatiş: Drinkuoter (86).
















