Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvilining aytişiça, uning jamoasi işi evazigagina Arseniy Yatsenyuk Ukraina boş vaziri lavozimidan iste'foga ketdi. Bu haqda "112 Ukraina" xabar bermoqda. 

"Agar men Ukraina miqyosida heç narsa qilmaganimda, Yatsenyuk hali ham boş vazir bölardi", deb aytdi Saakaşvili.

Saakaşvilining aytişiça, Yatsenyukni parlament va prezident ma'muriyati içidagi "til biriktirişlar" emas, balki Saakaşvili va uning safdoşlari yaratgan hamda u bilan butun Ukrainani aylanib çiqişgan "Tozalaş uçun harakat" olib taşladi.

Saakaşvilining ta'kidlaşiça, u özining işidan faqat yarmigagina köngli tölgan, çunki Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov hamon öz lavozimida qolmoqda. "Korruptsion aloqalar qoldi, "özaro til biriktirişlar" qoldi", deb aytdi Saakaşvili.

Avvalroq Saakaşvili uning sobiq partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida ğalaba qozonişiga işonçi komilligini va şundan keyin Gruziyaga qaytişi mumkinligini aytgandi.