Gozi kompter virusini işlab çiqişda ayblanayotgan AQŞda hibsga olingan rossiyalik Nikita Kuzmin 37 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Nyu-York janubiy federal sudi ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Kuzmin 2010 yili Kaliforniyaga borgan paytda qölga olingandi. Unga AQŞ va Yevropa banklari hisobidan pul öğirlay oladigan virus tarqatiş aybi qöyilgan. 2011 yilning mayida u tergov-suriştiruv işlarida kelişuvga rozi bölib aybini tan oldi.
Umumiy hisobda virus butun dunyo böylab kamida 1 million va Amerikada taxminan 40 ming, ular orasida 160tasi NASA niki, kompyuterlariga yuqtirilgan. Qidiruv federal byurosi ma'lumotlariga köra, 2005 yilda xakerlar “ön millionlab dollar”larni öğirlaşgan.
Jinoiy işning yana ikkita figuranti Latviya fuqarosi Denis Çalovskiy va Ruminiya fuqarosi Mixay Paunesku hisoblanadi. Ular 2012 yilda Nyu-York prokuraturasi talabi bilan öz respublikalarida hibsga olingan.











