Möğiliston poytaxti Ulan-Batorda beğaraz maqsadda pullar tarqatilişi katta olomon töplanişiga va hattoki muştlaşuvga olib keldi, deb xabar bermoqda FashSiberia agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, voqea 1 mayda yuz bergan: Ulan-Batorda Mercedes avtomobilidagi noma'lum kişilar şahar markazi böylab harakatlanib, barça istovçilarga 10-20 ming tugrik (milliy valyuta) qiymatidagi  pullarni tarqatişgan. Bu pullar taxminan 5 va 10 dollarni taşkil qiladi.

Odamlar maşina ortidan yugurgilab, olomon vujudga keltirganlar, bir neça kişi esa pullarni oliş ilinjida muştlaşib ketgan. Ta'kidlanişiça, pullar haqiqiy bölgan.

Bunday "sahiylikni" kim amalga oşirgani noma'lumligiça  qolmoqda.