Yevropa Çempionlar ligasi yarim final javob öyini doirasida “Bavariya” va “Atletiko” uçraşuvi bölib ötdi.

Javob öyini butunlay boşqaça ssenariy ostida ötdi. Gvardiola şogirdlari yuqori iştiyoq bilan öyinni boşlab raqibga nisbatan katta bosim ötkazişdi. "Matrasçilar" qiyinçilik bilan raqib hujumlarini qaytarib turişdi, ammo bu yarim soatga çözildi, xolos. "Atletiko" himoyaçisi Xose Ximenes jarima maydonçasi yarim aylanasi içida Alabani yiqitdi. Xabi Alonso tomonidan yöllagan jarima zarbasidan söng töp jonli devorda turgan Ximenesning oyoğidan rekoşet holatda törga borib tuşdi. 

Oradan 4 daqiqa ötib, hisob 2:0ga özgarişi mumkin edi. Yana öşa Ximenes öz maydonçasi içida Xavi Martinesni quçoqlab oldi va yiqitdi. Buni kuzatib turgan Junayt Çaqir darhol penalti belgiladi. Tomas Myuller yöllagan zarbani Oblak qaytardi. Qaytgan töpga Alonso yetib borib, ötkir burçak ostida zarba berdi. Darvozabon bu safar ham jamoasini goldan qutqardi. 

Mana şu foydalanilmagan penalti, keyinçalik ma'lum bölişiça, "Bavariya" uçun juda qimmatga tuşdi. Boisi, ikkinçi bölimni “Atletiko” biroz hujumkor boşladi va qarşi hujumda hisobni tenglaştirdi. Torres Grizmanni birga bir vaziyatga çiqardi va Antuan imkoniyatdan foydalandi. 

Mazkur gol mezbonlarning şaştini pasaytirdi. Şunga qaramay, öyin tugaşiga 17 daqiqa qolganida Vidalning uzatmasini Levandovski darvozaga joyladi va “Bavariya”da umidni qayta uyğotdi. Öyin tugaşiga 7 daqiqa qolganida Junayt Çaqir jarima maydonçasi taşqarisida buzilgan qoidabuzalik uçun “Bavariya” darvozasiga penalti belgiladi. Torresning zarbasini Noyyer qaytardi. 

Qolgan daqiqalarda myunxenliklar hujumlar taşkil qildi, ammo Oblak öz darvozasini goldan saqladi. 

Şu tariqa, safardagi gol qoidasiga köra “Atletiko” finalga çiqdi!

YeÇL. 1/2 final. Javob öyini.

Bavariya – Atletiko 2:1 (0:1)
Gollar: Alonso (31), Grizmann (54), Levandovski (74).
Ogohlantirişlar: Ximenes 33, Martines 83.
Foydalanilmagan penaltilar:  Myuller 34, Torres 84.

Bavariya: Noyyer, Lam, Alaba, Boateng, Martines, Alonso, Duglas Kosta ( Komman 73), Vidal, Riberi, Myuller, Levandovski.