Insoniyat dunyoqaraşining kengayişida ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuotning örni beqiyosdir. Matbuot tarixiga e'tibor qaratadigan bölsak, u orqali insonlar dunyo yangiliklarini bilib turişgan.
Turli davrlarda matbuotdan keyin OAVning radio, televideniye kabi turlari, ayniqsa, internet paydo bölgaç, insoniyat ongi va dunyoqaraşi tubdan özgardi. Ulardan töğri foydalaniş va axborotlarni tahlil qiliş esa kişidan mustaqil fikr, bilim va tafakkurni talab etdi.
Matbuotning ilk körinişlari XV asrning örtalarida Yevropada yuzaga kelgan, qariyb beş asr mobaynida ya'ni, — radioeşittiriş va televideniye paydo bölgunga qadar kişilar örtasida ommaviy muloqotning, bilim va ğoyalar tarqatişning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma naşrlar kitob, risola va varaqalardan iborat bölgan, XVII asrning boşlarida gazetalar, keyinroq esa jurnallar naşr etila boşlangan.
XIX asrning örtalarida axborot agentliklari vujudga keldi.
Gazeta va jurnallarning paydo bölişi bilan "jurnalistika" atamasi ham şakllandi. XIX asrning örtalarida vaqtli matbuotning rivojlanişi bilan jurnalistikaning mazmun doirasi kengayib, köp qirrali jurnalistik faoliyatni anglata boşladi. Keyingi asrlarga kelib qator jurnalistik uyuşmalar tuzildi: Xalqaro Jurnalistlar taşkiloti (1906), xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (1952), Hamdöstlik mamlakatlari, şuningdek, Özbekiston jurnalistlari uyuşmasi va boşqalar. Afrikada erkin matbuot rolini oşiriş maqsadida noşirlar, muharrirlar, jurnalistlar tomonidan “Vindxuks” dekleratsiyasi işlab çiqilgan. YuNeSKO tomonidan 1991 yil 3 may Jahon matbuoti erkinligi kuni deb e'lon qilingan va dekleratsiya qabul qilinib, şu kunni bayram sifatida nişonlaş belgilangan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining, matbuotning jamiyatdagi örni va rolini oşiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Sohaning huquqiy, qonunçilik bazasi mukammal şakllandi. Şuningdek, Özbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi taşkil etildi. Bundan taşqari, Milliy matbuot markazi, Respublika ma'naviyat tarğibot markazi singari xizmatlar ham şakllandi.
Bir söz bilan aytganda, ayni kunda OAV aholiga tezkor axborot yetkaziş, ularning tafakkur doirasi, dunyoqaraşi va ma'naviyatini yuksaltirişdagi ahamiyati nihoyatda katta ekanligini heç kim inkor eta olmaydi. Ayniqsa, bugungi axborot asrida matbuotga bölgan talab va ehtiyoj tobora ortib borayotganligini oçiq e'tirof etiş joiz.











