15:16 / 05.05.2016
7862

Italiya bosh vaziri «Lester» bosh murabbiyi Ranerini davlat mukofotiga tavsiya qildi

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsining ma'lum qilishicha, Angliya chempionatida «Lester» jamoasi bilan chempion bo‘lgan italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri davlat mukofotiga loyiq ish qildi.

3 mayga o‘tar kechasi, APLning 36-turi doirasida «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasida 2:2 hisobidagi durang natija qayd etilgach, «Lester» muddatidan oldin chempionga aylandi. «Lester» bu orqali o‘z tarixida ilk marta mamlakat chempionligiga erishdi. Raneri ingliz jamoasiga 2015 yilning iyulida bosh murabbiy sifatida tayinlangandi. 64 yoshli mutaxassis bundan oldin o‘zi ishlagan ko‘plab jamoalarda biron marta ligada g‘olib bo‘lmagandi.

«Men Italiya prezidenti Serjo Mattarellega Klaudio Ranerini mukofotlashni taklif etaman. Biz bu buyuk murabbiyning xizmatlarini qadrlashimiz va uni keraklicha e'tirof etmog‘imiz, u qilgan ishni barcha tan olishi kerak», – deya Rentsining so‘zlarini keltirgan Football Italia nashri.

Top