Buyuk Britaniya poytaxti London şahrida mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toşkent vaqti bilan soat 11:00da) şahar meri va London assambleyasi uçun saylovlar boşlanib, saylov uçastkalar oçildi.

Saylovdagi asosiy kuraş London merligi uçun keçişi kutilmoqda. Nomzodlar orasida leyboristlar partiyasi vakili, sobiq transport vaziri Sodiq Xon hamda konservatorlar vakili, YeIga işonçsizlik bilan qarovçi guruh tarafdori, hozirgi merning izdoşi Zak Goldsmit yaqqol ajralib turibdi.

Saylovlar şaharning 32ta tumanida, London Sitida, şuningdek, Londonda istiqomat qiluvçi Yevropa Ittifoqi a'zolari hamda Britaniya Hamdöstligi mamlakatlarining fuqarolari uçun taşkil etiladigan saylov uçastkalarida ötkaziladi. Saylovda iştirok etişi uçun 6 million nafardan ortiq kişi röyxatga olingan. Ovoz berişlar kun oxirigaça, mahalliy vaqt bilan keçki soat 22:00gaça davom etadi. Saylov natijalarini hisoblaş işlari 6 may kuni ertalab soat 08:00da boşlalandi. Şu kuni keçasi natijalar e'lon qilinadi.

Londonliklar bugun merdan taşqari şahar assambleyasi uçun 25 vakilni saylaşlari kerak böladi. Bugun Şotlandiya, Uels hamda Şimoliy Irlandiya parlamentlari uçun hamda boşqa mahalliy saylovlar bölib ötadi.