Yevropa mamlakatlaridagi mahsulotlar sifatini nazorat qiluvchi RAPEX komissiyasining ekspertlari bildirgan xulosaga ko‘ra, taqinchoqning tarkibida inson salomatligiga xavf soluvchi kadmiy mavjud bo‘lib, u to‘qimalarda to‘plangan holda, tana a'zolariga jiddiy zarar ko‘rsatadi. Ba'zi hollarda rak o‘simtalarining shakllanishiga ham olib kelishi mumkin. Hozirda mahsulot qaysi mamlakatlarda va qancha miqdorda sotilgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Zara – Ispaniyaning ayollar, erkaklar va bolalar uchun mo‘ljallangan kiyim-kechak, oyoq kiyim hamda aksessuarlar markasi. U Pull & Bear, Bershka va boshqa ko‘plab brendlarni boshqaruvchi Inditex xoldingi tarkibiga kiradi.











