Al-Azhar universiteti qoşidagi fatvo markazi mutaxassislari 1000 dan ortiq fatvolarni ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilişdi.
Mazkur fatvolarning aksariyati ekstremizm va terrorizim, xususan, IŞIDga aloqador. Fatvolar dunyoda faoliyat yuritayotgan 12 000 dan ziyod Islom bilim yurtlari hamda Islom markazlariga yuborildi.
Universitet uşbu fatvolarni yetkaziş va ijrosi böyiça Ovrupa parlamenti bilan kelişib oldi. Parlament öz navbatida, universitet mutaxassislarining Ovrupa imom-xatiblariga Islom dinining asl duşmanlariga qarata çiqarilgan fatvolar haqida tuşuntirişlar olib borişlari va şu mavzuda seminarlar ötkazişlarini söradi.
Şuni aytiş joizki, “Al-Azhar” universiteti fatvolarida Islom prinsiplari va şariat ahkomlariga zid iş tutayotgan IŞID faoliyati töğrisida keskin munosabat bildirilgan.
Azizxon HAKIMOV / Muslim.uz
















