Microsoft kompaniyasi Windows’ning eng eski hisoblangan Paint ilovasini keng kölamda yangilaşga tayyorlamoqda. Bu haqda MSpoweruser xabar berdi.
WalkingCat nikli tvitter foydalanuvçisi Windows Store’da Newcastle ilovasini sezib qoladi.
Uning aniqlaşiça, ilova avval New Paint nomida bölgan. Ma'lum bölişiça, Paint an'anaviy körinişdan farqlanadi va Windows uçun universal ilova sifatida taqdim etiladi.
Standart redaktorning qöşimça funksiyalari bölişi haqida ma'lumot yöq. Yangi Paint yozda - keng miqyosli Anniversary Update yangilanişi bilan bir paytda namoyiş etilişi kutilmoqda.











