«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri APLning 37-turi doirasida «Everton»ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Jurnalistlar Ranerini olqishlar bilan kutib olishgan, murabbiy ham ular bilan qo‘l siqishib ko‘rishgan.
Chempionlikdan keyingi ilk matbuot anjumanini 64 yoshli murabbiy chempionlik sharafiga bir qadah shampan vinosi sipqarish bilan boshlagan.










