Yoz faslining kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Ko‘pchilik yozgi ta'tilga chiqadi, yana kimlardir issiqdan qochib, boshqa mamlakatlarga sayohat uchun jo‘nab ketadi. Biroq ba'zida ayrim davlatlarga borish uchun viza talab qilinadi. Hujjatlar tayyorlash, viza tayyor bo‘lishini kutish va doimiy yugur-yugurlar insonni holdan toydiradi.

Biroq ayrim mamlakatlar O‘zbekiston uchun vizasiz rejimni joriy qilgan bo‘lib, siz bu davlatlarga belgilangan muddat ichida borib kelish imkoniga egasiz. Vot.uz nashri viza talab qilmaydigan davlatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular bilan tanishing: 

Rossiya
Uchish vaqti: 4 soat 10 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
•  Tashrif maqsadi so‘ralishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Belarus respublikasi
Uchish vaqti: 5 soat 15 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
•  Tashrif haqidagi arizani to‘ldirish so‘ralishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Qozog‘iston
Uchish vaqti: 1 soat 30 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Ozarbayjon
Uchish vaqti: 2 soat 55 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Moldoviya
Uchish vaqti: 8 soat 30 daqiqa