AQŞning Harrier harbiy samolyoti Şimoliy Karolina ştati qirğoği yaqinida falokatga uçradi. Dengiz piyodasi Korpusi bazasi Çerri-Point qömondonligi ma'lumotlariga köra, uçuvçi Uilmington şahri hududida katapulta qilişga ulgurgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, samolyot öquv parvozini bajariş uçun Uilmington xalqaro aeroportidan havoga kötarilgan. Keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 17:05da 14-aviaguruhning 542-hujumkor bölimi uçuvçisi Uilmington sohili yaqinida katapulta qilgan.

"H-60 Seahawk vertolyotlari uçuvçini soat 17:28larda qutqarib olgan. Uçuvçi Şimoliy Karolinaning Lejyen şahridagi dengiz piyodasi bazasining şifoxonasiga yetkazilgan. Uning ahvoli barqaror", deb aytilmoqda qömondonlik xabarida.